Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 01:04 / 02.01.2016
3143
1 daqiqa o‘qiladi
Chicharito ketma-ket ikkinchi marta Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Manchester Yunayted” va “Real” klublarining sobiq hujumchisi, hozirda “Bayyor”da to‘p surayotgan Xaver Ernandes (Chicharito) Bundesliganing dekabrdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Dekabrda 27 yoshli meksikalik futbolchi Bundesligada uchta o‘yin o‘tkazgan va 5 ta gol urgan. Hujumchi noyabrda ham eng yaxshi o‘yinchi deb topilgandi.
Umumiy hisobda Chicharito hisobida Bundesligada 14 ta o‘yinda urilgan 11 ta gol bor. Agar klub ishtirok etayotgan barcha musobaqalar hisobga olinsa, futbolchi “Bayyor” uchun 19 ta gol kiritgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish