Jahon | 08:43 / 02.01.2016
14166
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an ma'muriyati uning Gitler Germaniyasi haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma'muriyati Gitler zamonidagi Germaniyani kuchli ijrochi hokimiyatga ega davlat tizimiga misol qilib keltirganda, Gitler hukumatini qo‘llab-quvvatlamaganini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Avvalroq Erdo‘g‘an Gitler Germaniyasini samarali prezident tizimiga misol deb aytgani ma'lum qilingandi.

“Parlament yoki prezident tizimi, fojia bilan tugaydigan yomon qonunlar, agar tizim noto‘g‘ri boshqarilsa Gitler Germaniyasidagi kabi paydo bo‘lishi mumkin. Prezidentning gaplarini Gitler Germaniyasi haqidagi ijobiy fikr deb hisoblamaslik kerak”, deyilmoqda Erdo‘g‘an ma'muriyatida.

Erdo‘g‘an ma'muriyatida ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an Germaniyaning bu davrdagi tarixini istalgan siyosiy tizimda “yomon tuzum” vujudga kelishini tushuntirish uchun salbiy misol sifatida keltirgan.