Jahon | 19:29 / 02.01.2016
4953
1 daqiqa o‘qiladi

Eron 5 yil ichida birinchi marta Yevropadan neft mahsuloti uchun pul oldi

Yevropaliklarga Eronning neft-kimyo sanoati mahsulotlarini xarid qilishni taqiqlovchi sanksiyalar amal qilishi to‘xtadi, deb xabar bermoqda Eronning IRNA agentligi. Agentlik bergan ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi besh yil ichida eronlik neft-kimyochilar o‘z mahsuloti uchun Yevropa Ittifoqida ro‘yxatdan o‘tgan bank orqali pul olishdi.

Bir necha yil davomida amal qilgan embargo Erondan Yevropa Ittifoqiga neft-kimyo mahsulotlarini yetkazishning to‘xtashiga olib kelgan. Endilikda bu cheklovlar bekor qilindi.

IRNA agentligiga Neft-kimyo savdo kompaniyasining boshqaruvchi direktori Maxdi Sharif Niknafsning ma'lum qilishicha, uning kompaniyasi Ispaniyadagi banklarning biridagi hisob raqamiga birinchi to‘lovni oldi. Uning aytishicha, pullarning hisob raqamiga tushishi 5 yil davom etgan bahsning yakunlanganini bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish