Jahon | 00:33 / 02.01.2016
9817
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQShning ehtimoliy sanksiyalariga javoban 5000 km dan uzoqroqqa uchadigan raketa yaratadi

Eron agar AQSh unga yangi sanksiyalar kiritadigan bo‘lsa, 5000 km dan uzoqroqqa uchadigan raketa yaratadi. Bu haqda qabul qilinuvchi qarorlarning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha kengashi kotibi Muhsin Rizoiyning Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga 1 yanvarda yuborilgan maktubida aytilgan.

“Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erishish va Eronning uranni boyitish qonuniy huquqining tan olinishi maqsadida minglab sentrifugalardan voz kechdik. Biroq AQSh Eronga yangi sanksiyalar kiritishi bilan unga tarsaki bilan javob berdi. Umid qilamanki, sizning ko‘magingizda Eron raketalari kelajakda 5 ming km dan uzoqroqqa ucha oladi”, deb aytdi Rizoiy.

“Mudofaa qudratimizni oshirganimizdan keyin, raketalarimiz uchish masofasi 5000 km dan oshganda, uning nishonga urish hududiga AQShning Diyego-Garsiya bazasi (Hind okeanida) ham kiradi, bu yerdan Erondagi Tabasga qo‘nish uchun samolyot va vrtolyotlar parvoz qilgan”, deb aytdi Rizoiy AQSh harbiy-havo kuchlari maxsus kuchlarining Eronda 1980 yilda AQShlik asirlarni kutqarish bo‘yicha omadsiz operatsiyasini nazarda tutib.

Avvalroq The Wall Street Journal Vashington Eron yadroviy dasturiga javobgar tuzilmalar bilan aloqadorlikda gumon qilingan Eronning bir qator jismoniy va yuridik shaxslariga yaqin orada sanksiyalar kiritishini ma'lum qilgan. Eron Tashqi ishlar vazirligida bunday choralar “bir tomonlama, asossiz va noqonuniy” deb atalgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish