Sport | 10:38 / 02.01.2016
3177
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyaning "Tallinn" jamoasi futbolchilarining marixuana iste'mol qilgani uchun diskvalifikatsiyaga uchradi

Estoniya Futbol ittifoqining tartib-intizom qo‘mitasi ikkinchi liga vakili bo‘lmish "Tallinn" jamoasini yanada quyi ligaga surgun qildi. Bunga jamoa futbolchilarining marixuana moddalari iste'mol qilgani aniqlangani sabab bo‘lgan.

Doping nazorati 2015 yilning oktabrida o‘tkazilgan bo‘lib, unda "Tallinn" jamoasining 2 futbolchisi esktaz, yana 3 nafar futbolchisi marixuana moddasi qabul qilgani aniqlangan.
EFI press-relizida "Tallinn" keyingi mavsumni to‘rtinchi ligada o‘tkazishi haqida ma'lum qilingan.

Ma'lumot uchun, "Tallinn" jamoasiga 1911 yilda asos solingan, o‘z vaqtida bu jamoa 2 marta (1923 va 1930 yillarda) Estoniya chempioni bo‘lgan. 2002 yilda qaytadan tashkil etilgan klubning keyingi davrdagi eng yaxshi natijasi 2007 yilda oltinchi o‘rinni egallash bo‘ldi. Jamoa 2008-2009 va 2013-2014 yillar mavsumi yakunida ligani tark etib, ikkinchi ligaga tushgandi.