Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbol bo‘yicha Kot-dIvuar terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Reyn daryosida o‘lik holda topildi
Futbol bo‘yicha Kot-d'Ivuar terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Stiv Goxuri Reyn daryosida o‘lik holda topildi. 34 yoshli futbolchining tanasi Germaniyaning Krefeld shahri yaqinida aniqlandi, deb xabar bermoqda Bild nashri. Bundan 3 hafta avval Goxuri bedarak yo‘qolgan deb e'lon qilingandi.
Sobiq futbolchining tanasida zo‘ravonlik belgilari aniqlanmagan, biroq OAVlarda Goxuri giyohvand moddalar qabul qilishni boshlagani ma'lum qilingandi. Politsiyada aynan Goxurining jasadi topilgani tasdiqlandi.
Goxuri Myonxengladbaxning “Borussiya” va Angliyaning “Uigan” klublarida to‘p surgan.