Jahon | 09:16 / 02.01.2016
6708
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston harbiy-havo kuchlari bazasiga qurollangan jangarilar hujum qildi

Hindiston harbiy-havo kuchlarining Panjob shtatidagi Patxankot bazasiga kamida 4 nafar qurollangan jangari hujum qildi. Bu haqda Hindistonning NDTV telekanali ma'lum qildi.

Mahalliy hokimiyat vakilining aytishicha, hujum tungi payt soat 04:30 da boshlangan. Uning aytishicha, jangarilar baza hududiga kirish uchun bir kun avval olib qochib ketilgan politsiya avtomobilidan foydalangan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ikki jangari yo‘q qilingan. Ma'lum qilinishicha, hujum paytida baza hududida joylashgan samolyot va vertolyotlarga shikast yetmagan.