Jahon | 10:21 / 02.01.2016
6072
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi harbiy avibazadagi otishma natijasida 4 nafar jangari yo‘q qilindi

Jangarilar Hindiston shimolidagi Patxankot shahriga joylashgan harbiy aviabazaga qurolli hujum uyushtirishdi. Bu haqda ANI agentligining tvitterida xabar berilgan.

Kelib chiqqan otishma vaqtida 4 nafar jangari va 2 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.

"Jangarilar va xavfsizlik xizmati kuchlari vakillari o‘rtasidagi otishma yakunlandi. Hudud hali tozalanmagan", deyiladi xabarda.

The Times of India xabarida aytilishicha, hududdagi otishma 4 soat davom etgan.

IBNLive nashri jarohatlangan bir harbiy shifoxonaga olib ketilganini ma'lum qilgan.

Manbalarning yozishicha, bu jangarilar guruhi 3 kun oldin Pokistonning Bahavalpur shahridan o‘tib kelishgandi.

RIA Novosti bu guruh Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan holda 2 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30da Patxankot shahridagi harbiy avibazaga hujum qilgani, ular baza ichiga kirish uchun olib qochilgan politsiya avtomobilidan foydalanishgani haqida xabar bergan. Ular bilan otishmada Hindiston Milliy xavfsizlik xizmati gvardiyasining 50 nafar askari ishtirok etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish