Jahon | 10:25 / 02.01.2016
13481
2 daqiqa o‘qiladi

Hurriyet: Rossiyaning Suriyadagi ta'siri Turkiyani asabiylashtirmoqda

“2015 yil Turkiya uchun og‘ir bo‘ldi, biroq 2016 yil yengil bo‘ladi. Mamlakatning ichki va tashqi siyosiy muammolari yechilmasdan qoldi va Turkiya ular bilan yaqin orada shug‘ullanishga majbur bo‘ladi”, deb yozmoqda Turkiyaning Hurriyet nashri.

Nashr Turkiyaning bosh muammolaridan biri sifatida Suriyadagi urush va Anqara bilan endilikda tang munosabatda bo‘lgan Rossiyaning bu mamlakatda olib borayotgan harbiy operatsiyasi sababli undagi vaziyatga ta'sirining cheklanganligini aytmoqda. Bu turk hukumatini asabiylashishga majbur qilmoqda. Turkiya hukumati IShID jangarilarining Turkiyaga kirishini Suriya bilan 98 kilometrlik chegarasini yopib oldini olish bilan vaziyatni tartibga solishi mumkin, biroq bu “Turkiyaning oxirgi 4 yil ichida Suriyaga nisbatan olib borgan siyosatining yakunlanishini” anglatadi.

“Suriyadagi fuqarolik urushi uni tartibga solishga urinishlarga qaramasdan, davom etadi. Turkiyaning Suriyadagi harakatlari Rossiya samolyotini urib tushirgandan keyin agarda Erdo‘g‘an Putin bilan kelisha olmasa, Rossiya sababli cheklanadi”, deyilmoqda maqolada.

Hurriyet boshqa muammolar orasida kurd masalasi, mamlakatning yangi konstitutsiyasi ustidagi ish va Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashishi sababli yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirmoqda. Rossiyaning embargosi tufayli Turkiyaning sayyohlik va qurilish tarmoqlari aziyat chekadi.

Turkiya yuzaga kelgan bo‘shliqni Fors ko‘rfazi davlatlarini jalb qilish hisobiga to‘ldirishga harakat qilib ko‘radi, biroq bu yetarli bo‘lmasligi mumkin. Anqara borgan sari ko‘proq Yevropaga suyanishiga va Isroil bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishiga to‘g‘ri keladi, deb hisoblamoqda gazeta.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish