Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:16 / 02.01.2016
10244
1 daqiqa o‘qiladi
Mourino Peresga "Real"ga qaytmasligi sababini aytdi
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino Madridning "Real" jamoasidan tushgan rasmiy taklifni rad etgan. Bu haqida Ispaniyadagi Sport.es nashri xabar bermoqda.
Ushbu mutaxassis madridliklar prezidenti Florentino Peres bilan suhbat o‘tkazgan va oilaviy sabablarga ko‘ra "Real"ga qayta olmasligini ma'lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, Mourino Londonda istiqomat qilayotgan oilasidan ajramoqchi emas va ingliz klublaridan taklif kutmoqda.