Sport | 17:57 / 02.01.2016
6101
2 daqiqa o‘qiladi

Petr Chex "Arsenal" himoyachilari bilan so‘zlashish uchun 3ta tildan foydalanishiga to‘g‘ri kelmoqda

"Arsenal" jamoasining chexiyalik darvozaboni Petr Chex jamoaning joriy mavsumda chempionlik uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirib o‘tdi.

"Men hamisha qaysidir jamoaga o‘tishdan oldin bu jamoa bilan yangi yutuqlarga erishish haqida o‘ylaganman. Agar jamoaning imkoniyatlariga ishonmasam, uni tanlamagan bo‘lar edim.

Men futbolni shunchalik zavq olish uchun o‘ynamayman. Men sovrinlar uchun o‘ynashni yoqtiraman.

Mening hisoblashim bo‘yicha "Arsenal"dagi saviya katta g‘alabalar haqida o‘ylashga va bu niyatga erishishga imkon beradi. Umid qilamanki, biz mavsum yakunida chempionlikka erishamiz. Bu og‘ir va uzun yo‘l bo‘ladi. Lekin men jamoamizning bu yo‘lni muvaffaqiyat bilan bosib o‘tishiga ishonaman.

Hozir "Arsenal"da muhit ajoyib va jamoa mavsum chempionligi uchun asosiy da'vogarlardan biri. Biz shu darajada qolishni va o‘z imkonimizdan foydalanishni istaymiz.

Joriy mavsum juda qiziqarli o‘tmoqda. Har bir turdan keyin turnir jadvalidagi yetakchi o‘zgaradi. "Arsenal" esa oxirgi haftalarda asosiy yetakchiga aylandi", deydi darvozabon.

U intervyu davomida jamoa himoyachilari bilan 3ta turli tilda gaplashishga to‘g‘ri kelayotganini bildirdi. U chex, fransuz, ingliz va nemis tillarini mukammal biladi.

Darvozabon jamoaning qanot himoyachilari Nacho Monreal va Hektor Belerin bilan ispanchada, markaziy himoyachi Loran Koselni bilan fransuzchada va boshqa bir markaziy himoyachi, germaniyalik Per Mertezaker bilan ingliz tilida muloqot qilishini aytib o‘tgan.

"Per jamoa mudofaasini tashkil qilish uchun mas'ul. Lekin himoyachilarning yarmi ingliz tilini ham, nemischani ham yaxshi bilishmaydi. Bunday vaziyatlarda Perning gaplarini futbolchilarga men yetkazaman", deydi Chex Mirror nashriga.