Jahon | 12:09 / 02.01.2016
5654
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda mahalliy politsiya xizmati ishlashni boshladi

Qozog‘iston Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 5 maydagi kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda mahalliy politsiya xizmatini yaratish masalasini ko‘rib chiqishni buyurgandi.

Qozog‘iston IIVda ushbu masala bo‘yicha tegishli qonun loyihasi ishlab chiqildi va Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati tomonidan, keyinroq esa parlament tomonidan qabul qilindi.

Konun loyihasi bilan ichki ishlar organlari mahalliy politsiya xizmati boshlig‘i va uning o‘rinbosarining ma'muriy qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqish va ma'muriy jazolarni qo‘llash huquqi mustahkamlab qo‘yilgan.

“Mahalliy politsiya xizmatini yaratish ichki ishlar organlari tuzilmalarini optimallashtirish va uning tarkibiga mahalliy nozirlar bo‘limlari, yo‘l-patrul xizmati, yuvenal, tabiatni ko‘riqlash, ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish politsiyasi, qabul qilish-taqsimlash va maxsus qabul qilish punktlarini birlashtirish bilan amalga oshiriladi”, deb tushuntirmoqda Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qosimov.

Mahalliy politsiya xizmati ichki ishlar organlari yagona tizimiga kiradi, uning xodimlari boshqa bo‘limlar xodimlari kabi bir xil huquqiy maqom, jumladan xizmatni o‘tash shartlari, ijtimoiy va huquqiy kafolatlarga egalar.

Shuningdek, mahalliy politsiya xizmati boshliqlari mahalliy jamoatchilik – bir yilda kamida ikki marta akimat va maslihatlar oldida va yiliga bir marta aholi oldida hisobot beradilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish