Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Display va LG Display kompaniyalari iPhone uchun OLED-ekranlar yetkazib beradi
Janubiy Koreyaning Samsung Display va LG Display kompaniyalari kelajak avlod iPhone smartfonlari uchun organik yorug‘lik diodi asosidagi (OLED) ekranlarni yetkazib beradi. Bu haqda Electronic Times nashriga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniyalar Apple bilan yakuniy kelishuvni tuzishga yaqin turibdi va umumiy hisobda OLED-mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun yaqin 2-3 yilda 12,8 mlrd dollar sarflamoqchi. Bunda AQSh kompaniyasi o‘z hamkorlariga qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishi mumkin.
Hozirda o‘zining bosh Samsung Electronics kompaniyasi va xitoylik ishlab chiqaruvchilarga OLED-panellar yetkazib beruvchi Samsung Display bunday ekranlarni ishlab chiqarish uchun LG Display’dan ehtimol ko‘proq buyurtma oladi.
Shu tariqa OAVlarda iPhone’larda OLED-displeylar qo‘llanishi haqidagi navbatdagi mish-mishlar paydo bo‘ldi. Noyabrda Nikkei gazetasi Apple bunday panellarni 2018 yildan tatbiq qilishini yozgan.