Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasliklarga 1871 yildan beri ilk marta jamoat joyida qurol ko‘tarib yurishga ruxsat berildi
2016 yilning 1 yanvar kunidan AQShning Texas shtatida fuqarolarning jamoat joylarida qurol ko‘tarib yurishiga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Endilikda kimda litsenziyali qurol bo‘lsa, uni o‘z xavfsizligini ta'minlash maqsadida g‘ilofga solingan holda yonida olib yurishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birgalikda kompaniya va tashkilotlar o‘z hududiga qurol olib kirishni cheklay oladi. Bunda binoga kiraverishda taqiq belgisini o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Ma'lum bo‘lishicha, hozirda 27 million kishi istiqomat qiladigan Texas shtatida 1871 yildan keyin jamoat joyida qurol olib yurish taqiqlangandi. Endilikda bu shtat AQShning jamoat joylarida qurol olib yurishga ruxsat berilgan eng yirik shtati bo‘lib turibdi. Bu qonun tarafdorlari yangi tartib jamoat xavfsizligi darajasini oshirishiga ishonch bildirishmoqda.