Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik sayyohlar mingan avtobus Hindistonda avariyaga uchrashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida sayyohlar mingan avtobus ishtirokida yirik yo‘l transport hodisasi yuz berishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan va 20 kishi jarohatlangan.
IANS axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Barlampur okrugida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgan.
Hodisa tufayli halok bo‘lganlar yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchilari bo‘lishgan. Avtobusda 20 nafardan ortiq xitoylik sayyohlar bo‘lishgan va ular turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.
Avariya sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu to‘qnashuvga yo‘lni qalin tuman qoplagani sabab bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, Hindiston bu kabi yo‘l transport hodisalari eng ko‘p ro‘y beradigan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Har yili butun dunyo bo‘ylab 150 mingga yaqin kishi yo‘l transport hodisalari tufayli olamdan o‘tishi qayd etilgan.