Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Barselona” “Espanol”ga gol ura olmadi, biroq Ispaniya chempionatining yakka peshqadamiga aylandi
Ispaniya Primerasining 18-turida Barselona shahri klublari “Espanol” va “Barselona” 0:0 hisobida durang natija qayd qilishdi. Uchrashuv “Espanol”ning uy maydoni “Kornelya-El Prat”da bo‘lib o‘tdi.
1-bo‘limda “Barsa” futbolchilari ustunlikka ega bo‘lishdi va bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Tanaffusdan keyin o‘yin ko‘rinishi o‘zgarmadi va tomoshabinlar gollarni ko‘ra olishmadi.
“Barsa” ikki ochko yo‘qotishiga qaramay, “Atletiko”dan o‘tib ketdi va Primerada yakka peshqadamlikni qo‘lga oldi: 17 ta o‘yindan keyin kataloniyaliklar hisobida 39 ochko, “matraschilar”da esa 38 ochko bo‘ldi. “Espanol” esa 21 ochko bilan 11-o‘rinni egallamoqda.
Ispaniya Primerasi. 18-tur
"Espanol" – "Barselona" – 0:0