Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahraynda an-Nimrning qatliga norozilik bildirib chiqqanlarga ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llandi
Bahrayn IIV Saudiya Arabistonida shialar yetakchisi Nimr an-Nimrning qatl etilishidan keyin g‘azablangan bahraynliklarni noqonuniy harakat qilmaslik kerakligi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Bu orqali Bahrayn 47 kishiga nisbatan o‘lim hukmini ijro etgan Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.
"Bahrayn Qirolligi o‘z qat'iy pozitsiyasini tasdiqlaydi hamda zo‘ravonlik va ekstremizmga qarshi kurashda barcha zarur va uzil-kesil choralarni qo‘llayotgan Saudiya Arabistoni bilan hamjihat ekanini bildiradi", deyiladi hukumat bayonotida.
2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi terrorizm bilan shug‘ullanganlik va uni rag‘batlantirishda ayblangan 47 kishiga chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilgani haqida e'lon qildi.
Qatlga buyurilganlar orasida "Al-Qoida" tashkilotining Saudiya Arabistonidagi bo‘limi yetakchisi Faris az-Zaxrani hamda shialar yo‘lboshchisi Nimr an-Nimr nomlari bor.
Qatlga norozilik belgisi sifatida An-Nimrning vatani Bahrayndagi Ash-Sharqiya shahri aholisi namoyishga chiqdi. Politsiyachilar ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanib, ularni tarqatib yubordi.
Bahrayn hukumati mamlakat qonunchiligida boshqa davlatga nisbatan tuhmat qilganlik uchun 2 yilgacha qamoq jazosini tayinlash belgilangani haqida eslatib o‘tgan.
Bahrayn IIV aholidan bu mavzudagi ma'lumotlarni faqat rasmiy manbalardan olishga va ishonchsiz ma'lumotlardan foydalanmaslikka chaqirgan.