Jahon | 08:31 / 03.01.2016
8233
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilishini qoraladi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Saudiya Arabistonida terrorchilikda ayblangan 47 kishi, jumladan shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishidan qattiq ranjigan va oliy jazo chorasining qo‘llanishiga qarshi ekanligini aytgan. Bu haqda jurnalistlarga bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.   

Dyujarrikning aytishicha, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan chiqarilgan jazo hukmlarining adolatliligi ko‘plab savollarni tug‘diradi. “Nimr an-Nimr va bir qator qatl etilgan mahbuslar ayblovlar xarakteri va jarayonning adolatliligi bilan jiddiy tashvish uyg‘otgan sud jarayoni yakunlariga ko‘ra o‘lim jazosiga mahkum qilingan”, deyilmoqda bayonotda.

Dyujarrikning ta'kidlashicha, Pan Gi Mun an-Nimr masalasini Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan bir necha bor muhokama qilgan. Bosh kotib o‘lim jazosiga qarshi chiqdi va Saudiya Arabistonini o‘lim jazosidan voz kechishga chaqirmoqda.

Qatl etilgan imom tenghuquqlilik va qirollikning sharqida yashovchi shialarning tahqirlanishiga qarshi konstutitsion islohotlar uchun harakatning bosh ilhomlantiruvchi shaxslaridan bo‘lgan. Imom 2012 yil 8 iyulda ommaviy norozilik namoyishlari va betartibliklarga undash ayblovi bilan hisbga olingan va 2014 yil oktabrida o‘lim jazosiga mahkum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish