Jahon | 01:14 / 03.01.2016
5549
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada qoya bo‘lagi uy-joylar ustiga tushib ketdi

Braziliyaning Vila-Velya shahrida qoya bo‘lagi turar-joylar ustiga tushib ketdi, deb xabar bermoqdalar mahalliy OAV.

Noxush voqea oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, 15 kishi jabrlangan, biroq ulardan ko‘pchiligi shifoxonaga borishni rad etgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, 4 ta uy butunlay vayron bo‘lgan. 100 dan ortiq oila evakuatsiya qilingan.

Voqea tufayli shaharda favqulodda vaziyat e'lon qilinmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish