Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujum qilganlardan 40 nafarga yaqini hibsga olindi
Politsiya Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga hujum qilganlardan 40 nafarga yaqini qo‘lga olingan. Bu haqda eronlik jurnalist Sodiq Qurboniy o‘z tvitteri orqali ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma'lumot hukumat tomonidan taqdim qilingan.
Bundan oldinroq, Eron diniy rahnamosi oyatulloh Xamanei Saudiya Arabistoni qatl etilgan shialar xatibi Nimr an-Nimr tufayli "ilohiy qasos"ga yo‘liqishi haqida aytgandi. U saudiyaliklarning harakatini "siyosiy terror" deb baholagan.
O‘z navbatida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ham Saudiya Arabistonini bu qatl uchun qoralagan.
Nimr an-Nimrning qatlidan norozi bo‘lganlar Tehron shahridagi Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujum qilishgandi.