Jahon | 00:10 / 03.01.2016
9447
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniya prezidenti Latviya mudofaa vazirligi xodimasiga uylandi

Estoniya prezidenti Toomas Xendrik Ilves uchinchi bor uylandi. 62 yoshli Ilves va Latviya mudofaa vazirligi xodimasi, 38 yoshli Iyeva Kuptsening nikohi 2 yanvarda Estoniyadagi Xalliste Vilyandi uyezdidagi qishloq cherkovida o‘qildi.

Estoniyaning yangi birinchi xonimi Latviya mudofaa vazirligida kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlaydi. Estoniya OAVlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Ilves va Kuptse 2003 yildayoq Bryusselda Yevroparlamentda tanishishgan. Kuptse avval turmush qurmagan, biroq uning o‘g‘li bor. Kuptse Estoniya prezidentining rafiqasiga aylangandan keyin o‘zining ishida qolishi haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.

Ilvesning bundan avvalgi nikohi 11 yil davom etdi va 2015 yilning aprelida eston OAVlari uning rafiqasining yosh erkak bilan quchoqlashib turgani suratini chop etganlaridan keyin tarqab ketdi. Ilvesning avvalgi nikohlaridan 3 nafar farzandi bor.