Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:39 / 03.01.2016
6486
1 daqiqa o‘qiladi
Iroqda IShID jangarilari AQShning sobiq harbiy bazasiga hujum qilishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Iroqning Tikrit shahrida amerikaliklarning «Kemp Shpeyxer» nomli sobiq harbiy bazasiga hujum uyushtirildi. Bu haqida Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, IShIDning 5 nafar jangarisi amalga oshirgan hujum natijasida kamida 15 nafar iroqlik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan va 22 nafarga yaqini jarohatlangan.
Manbaning aytishicha, hujumni avtomobilda bazaga kirib kelgan 2 jangari boshlagan. Yana 3 nafar jangari baza yaqinida bomba portlatib, so‘ng otishma boshlagan.
Bu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.