Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pakyao Floyd Meyvezerga revansh taklif qildi
Professional boksning sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik 37 yoshli Menni Pakyao 2015 yilning kuzida professional faoliyatini mag‘lubiyatsiz yakunlagan amerikalik 38 yoshli Floyd Meyvezer bilan revansh jangini o‘tkazish bo‘yicha taklif berishda davom etmoqda. Bu haqda Boxingscene.com xabar qilgan.
Filippinlik sportchining so‘zlariga ko‘ra, u Meyvezer bilan jang o‘tkazishdan oldin ham revansh haqida gapirgandi.
“Men Meyvezer bilan revansh jangi yuzasidan gaplashdim. Uning javobi oddiy – men 21 yillik faoliyatimni yakunladim. Menimcha, bunday saviyadagi bokschi faoliyatidagi so‘nggi jangini oddiy raqib bilan o‘tkazib, yakunlamasligi kerak. Men revansh jangi uchun ham faoliyatimni tugatmay turaman”, — dedi Menni Pakyao.
Filippinlik bokschi 9 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini Timoti Bredliga qarshi o‘tkazadi. Ushbu jang Pakyao uchun faoliyatidagi so‘nggi jang bo‘ladi. Lekin Meyvezer fikrini o‘zgartirsa, boks muxlislari yana bir bor “asr jangi”ga guvoh bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 2 may kunida Menni Pakyao va Floyd Meyvezer o‘rtasida jang o‘tkazilgan va bu jang "boks tarixidagi eng yorqin janglardan biri" bo‘lgandi. 12 raund davom etgan jang so‘nggida hakamlar ochkolar hisobi bo‘yicha amerikalik sportchi g‘alabasini e'lon qilishgandi. Bu jang orqali Pakyao 120 mln, Meyvezer esa 180 mln dollar ishlab olgandi.
Pakyao: Meyuezer bilan revanshga yaxshilab tayyorlanaman
Menni Pakyao: Floyd Meyuezer bilan revansh o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib bormadim