Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:58 / 03.01.2016
19704
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko fotoshop yordamida Putinning o‘rnini «egalladi»
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Britaniyaning The Economist jurnali muqovasidagi suratining o‘rniga o‘zini yuzi qo‘yilgan versiyasini e'lon qildi. Bu haqda tvitterda ma'lum qilingan.
«Ayrim sovg‘alarni iltifot yuzasidan emas, shaxsiy mas'uliyat bilan qabul qilaman», — deb yozadi Ukraina prezidenti.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri bu muqova ustidan kulgan va jurnalning haqiqiy muqovasini e'lon qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish