Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiylik qilmoqchi emas
Madridning "Real" jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin futbolni butunlay tark etishi haqida ma'lum qildi.
"Futbolchilikni bas qilganimdan keyin butunlay boshqacha hayot boshlayman. O‘ylashimcha, avvaliga futbolsiz yashash oson bo‘lmaydi, lekin men murabbiy sifatida ishlay olmayman. Murabbiy bo‘lish ham, menejyer bo‘lish ham yoki biron futbol jamoasija prezidentga aylanish ham rejamda yo‘q. Futboldan keyin qirollardek yashamoqchiman", degan u Goal.com nashriga.
Futbolchi shuningdek, o‘zi istagan barcha ishga shu paytgacha vaqti bo‘lmay kelgani, futboldan keyin esa bu ishlarni qilishga imkoni bo‘lishini aytib o‘tgan.
28 dekabr kuni futbolchining agenti Jorjye Mendesh o‘z mijozi 40 yoshigacha, ya'ni yana 7 yil davomida futbol o‘ynamoqchiligini bildirgandi.
Ma'lumot uchun, Ronalduning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozigacha tuzilgan. U madridliklar safiga 2009 yilda "Manchester Yunayted" safidan rekord darajadagi 94 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.