Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya IShID xavfi tufayli Tojikistondagi harbiy bazasi jangovar tayyorgarligini oshirdi
MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternikning ma'lum qilishicha, Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasining jangovar tayyorgarligi oshirildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida IShID xavfi tufayli Rossiya ushbu mamlakatda harbiy kontingentini kengaytirishni rejalashtirmayapti.
Sternik Moskva va Dushanbe kuchlaridan vaziyat taqozosiga ko‘ra koalitsiya guruhi tuzilishini istisno qilmadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, shuningdek, Turkmanistonga ham Afg‘oniston bilan chegaralarini mustahkamlashda yordam ko‘rsatajagini aytib o‘tgan.