Jamiyat | 16:01 / 03.01.2016
3799
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Yaroslavl viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 6 kishi halok bo‘ldi

3 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Yaroslavl viloyatidagi Ribinsk tumanida joylashgan Pesochnoye qishlog‘idagi turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in yog‘och uylardan iborat ko‘p xonadonli uyda sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning 4 nafari bolalar ekani aytilgan.

Yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilingan. Bu hodisa tufayli uy butunlay yonib ketgan.

Bu voqea bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Ayni vaqtda hududda maxsus guruhlar ish olib bormoqda.