Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasi binosini yoqib yuborishdi
3 yanvarga o‘tar kechasi Tehronda Saudiya Arabistonida taniqli shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishiga qarshi chiqayotgan namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasi hududiga bostirib kirib, bir nechta xonalarni yoqib yuborishdi.
Tasnim News Agency agentligining ma'lum qilishicha, elchixonaga kuchaytirilgan politsiya bo‘limlari yetib kelgan. Ular namoyishchilarni elchixona binosidan tashqariga haydab chiqarishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda politsiya diplomatik mavzedagi vaziyatni nazorat ostiga oldi.
Avvalroq 2 yanvarda Eronning Saudiya Arabistonidagi elchisi mamlakat tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi va unga Eron tomonidan qirollikning sud hokimiyatiga qarshi bildirilgan tajovuzkor arzlar munosabati bilan norozilik notasini topshirdi.
Saudiya Arabistonida terrorchilikda ayblangan 47 kishi qatl etilgandan keyin Yaqin Sharq bo‘ylab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Qatl etilganlar orasida shia imomi, oyatulloh Nimr an-Nimr ham bo‘lgan.