Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:40 / 03.01.2016
7308
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyalik xakerlar Rossiya aloqa vazirining Instagram’dagi sahifasini buzib kirishdi
Turkiyalik xakerlar Rossiya aloqa vaziri Nikolay Nikiforovning Instagram ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini buzib kirishdi.
Vazirning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida akkaunt Börteçine Siber Tim nomli turk xakerlari guruhi tomonidan buzib kirilgani haqida ma'lumot joylashtirilgan. Sahifada, shuningdek, bir nechta fotosuratlar, jumladan Turkiya bayrog‘i va Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti suratlari ingliz va turk tillaridagi yozuvlar bilan chop etilgan.
