Jahon | 12:26 / 03.01.2016
2892
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri may oyida G7 a'zolari bo‘lgan mamlakatlarga tashrif uyushtiradi

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe 2016 yilning may oyida "Katta yettilik" (G7) mamlakatlari bo‘ylab safar uyushtiradi. Nikkei gazetasida yozilishicha, Abe 26-27 may kunlari Mie prefekturasidagi Sima shahrida o‘tkazilishi belgilangan sammitdan oldin tashkilot a'zolari bilan bu sammit bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish uchun turnega chiqadi.

Yaponiya hukumatining fikricha, Abening bu safari maydagi sammitni tashkillashtirish uchun ijobiy ta'sir o‘tkazadi.

Bundan oldinroq, Abe yangi yil tabrigida Yaponiya o‘z zimmasiga "xalqaro maydondagi yetakchilik" maqomini olishini aytib o‘tgan, 2016 yil Yaponiya uchun "katta chaqiriqlar yili" bo‘lishini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 yanvaridan “Yettilik guruhi”ga (G7) raislik 2016 yilning yanvaridan Yaponiyaga o‘tadi va unga bosh vazir Shindzo Abe rahbarlik qiladi.

May oyida Simada o‘tkaziladigan sammit doirasidagi uchrashuvlarda “yettilik” davlatlari vazirlari Yaponiyada yil davomida uchrashib, 4ta asosiy yo‘nalishdagi – xalqaro iqtisodiyot va savdo, siyosat, diplomatiya, iqlim o‘zgarishi va energetika hamda rivojlanish borasidagi masalalarni muhokama qilishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish