Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin Sharqdagi siyosiy yetakchilar Saudiya Arabistonidagi qatl marosimini qoralamoqda
Iroq, Livan va Yamandagi shia jamoalari Saudiya Arabistonida Nimr an-Nimrning qatl qilinishiga norozilik bildirishda davom etishmoqda.
2 yanvar, shanba kuni Saudiya Arabistoni IIV o‘limga mahkum qilingan 47 kishining qatli ijro etilgani haqida xabar bergan edi.
Qatl qilinganlar orsida shialar yetakchisi Nimr an-Nimr ham bor edi.
Iroq parlamentidagi eng ko‘p deputatlarga ega bo‘lgan “Huquqiy davlat” bloki vakili Muhammad as-Sayhud Alsumaria telekanaliga bergan intervyusida qatl haqidagi ushbu qaror shia va sunniy musulmonlar orasida ziddiyat chiqarish maqsadida qilingani haqilhda aytib o‘tgan.
“Saudiya Arabistoni qirollik oilasi tomonidan amalga oshirilgan ushbu chora, hududda sunniy va shia musulmonlari orasida yangi to‘qnashuvlar kelib chiqishiga qaratilgan va mintaqadagi hozirgi mojarolarga yangisini qo‘shish uchun qilingan”, degan u telekanalga.
Livan shialari kengashi vitse-prezidenti muftiy Ahmad Kabalan sodir bo‘lgan voqeani, yomon oqibatlarga olib keluvchi diniy falokat va katta xato deb atagan.
“Nimr an-Nimrni o‘ldirish din va millat uchun katta fojia, odamzod va ma'naviyatga qarshi sodir etilgan jinoyat. Bu katta xato javobsiz qolmaydi. Biz bu haqda ko‘p marta ogohlantirgan edik”, deb muftiyning so‘zlarini keltirdi Livanning NNA nashri.
"Al Saud shanba kuni, ayblanuvchi tomonidan birorta ham himoyachi qatnashmagan, qalbaki suddan keyin buyuk jangchi Nimra an-Nimrani qatl qildi”, deyilgan husiychilar harakatining rasmiy OAVi bo‘lgan “Al-Masira” telekanalida.
Shu bilan bir vaqtda xabar tarqatuvchilar Saudiya Arabistonining sharqida yashovchi shialarning ushbu nohaqlikka o‘z munosabatlarini bildirishga chaqirmoqda.
Shayx Nimr an-Nimr Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 2012 yilda mamlakat sharqida o‘tkazilgan norozilik namoyishi vaqtida qo‘lga olingan edi. 2014 yilda u mamlakatda tarqoqlik, qirolga bo‘ysunmaslik va terrorchilik tashkiloti tuzganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga mahkum qilingan edi.
2014 yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni terrorchi va ekstremizmga qarshi jinoiy javobgarlik uchun jazo choralarini sezilardi darajada kuchaytirgan edi. Qirollikda terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxati e'lon qilingan.