Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Yulduzlar jangi-7" AQShda pul yig‘ish borasida “Titanik”ni ortda qoldirdi
“Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmi nafaqat kinoprokatlarda yetakchilik qilmoqda, balki pul yig‘ish borasida ham yagona peshqadamlik qilmoqda.
WBS Radio bergan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan haftada Jyeffri Jyeykob Abramsning ushub filmi AQShda 686.4 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Jyeyms Kemeronning "Titanik"i esa 658.7 million dollar yiqqan edi.
Rekord summa Kemeronning yana bir filmi “Avatar”ga taalluqli bo‘lib 760.5 million dollar pul to‘plagan edi.
“Yulduzlar jangi-7” xalqaro prokatda 1.39 milliard dollar yig‘ib, bu borada yettinchi o‘rinda ketmoqda.