Jamiyat | 22:07 / 04.01.2016
15593
1 daqiqa o‘qiladi

“G‘aroyib jonivor” surati ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari BuzzFeed portalida e'lon qilingan fotosuratda qaysi jonivor tasvirlangani to‘g‘risida bahslashishmoqda.

“Bir oz oldin Instagram`ga g‘aroyib jonivor suratini joylashtirgan edim. Uning suratini boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham e'lon qildim. U nima, jin ursin”, - deyiladi surat izohida.

Suratda pahmoq jonivor tasvirlangan bo‘lib, ayiq bolasi yoki kuchukchaga o‘xshab ketadi. Ayrim foydalanuvchilar uni Janubiy Amerikada yashaydigan noyob jonivor – changalzor iti ekanini ma'lum qilgan.

Suratni joylashtirgan muallifning qayd etishicha, uning birinchi manbasini topishga muvaffaq bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi fotosurat Reddit foydalanuvchisi tomonidan e'lon qilingan bo‘lib, unda kimdir ushbu ayiqchani kuchuklarni parvarishlar markaziga olib kelgani yozilgan.