Jahon | 19:28 / 04.01.2016
7761
1 daqiqa o‘qiladi

“Gazprom” O‘zbekistondan gaz xarid qilishni ko‘paytirdi

2016 yilning 1 yanvaridan boshlab “Gazprom” O‘zbekistondan gaz xarid qilish hajmini oshirdi. Bu haqda 4 yanvar kuni TASS agentligi sohadagi o‘z manbalariga tayangan holda xabar qildi.

Aytilishicha, O‘zbekistondan sotib olinadigan gaz hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida erishilgan.

Ilgariroq “Gazprom” Turkmanistondan gaz sotib olishdan bosh tortgani xabar qilingan edi.