Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobod “Gazprom” turkman gazini sotib olishni to‘xtatganini ma'lum qildi
Rossiyaning “Gazprom eksport” kompaniyasi “Turkmangaz” davlat konsernini mamlakatdan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatishi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda konsern matbuot xizmati ma'lumotiga asoslangan holda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.
“Bunday qaror asosida xalqaro gaz bozoridagi vaziyatning o‘zgargani, shuningdek, “Gazprom eksport”da vujudga kelgan alohida iqtisodiy va moliyaviy masalalar yotadi”, - deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, “Turkmangaz” xabarida ikki iqtisodiy sub'yektlar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari bilan bog‘liq kompleks masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan.
“Gazprom” rahbari o‘rinbosari Aleksandr Medvedov ham O‘rta Osiyodan gaz sotib olish hajmi sezilarli darajada qisqarganini ma'lum qildi. Jumladan, Turkmanistondan import qilinayotgan gaz hajmi 10 milliard kub metrdan 4 mlrd kub metrga qisqardi. Xarid miqdorining kamayishi Yevropa va Ukrainada Rossiya gaziga bo‘lgan talabning qisqarishi bilan bog‘liq.