Jahon | 18:14 / 04.01.2016
3947
1 daqiqa o‘qiladi

BAA Erondagi elchisini chaqirib oladi

Birlashgan Arab Amirliklari Eron bilan diplomatik munosabatlarni qisqartiradi va Tehrondagi elchisini ortga chaqirib oladi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatmoqda.

Shuningdek, BAA mamlakat hududida harakatlanish huquqiga ega bo‘lgan eronlik diplomatlar sonini qisqartiradi.

Bundan oldinroq, Bahrayn va Sudan Saudiya Arabistonini qo‘llagan holda, Eron bilan munosabatlarini uzishi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.

Shundan so‘ng Eron va Saudiya Arabistoni mamlakatlari o‘rtasidagi munosabat sovuqlashdi.

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Eron bilan diplomatik aloqalar buzilganini ma'lum qildi

Bahrayn eronlik diplomatlarga o‘z hududini tark etish uchun 48 soat muhlat berdi

Sudan Ar-Riyodga Eron elchisini mamlakatdan chiqarib yuborishi haqida xabar berdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish