Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:51 / 04.01.2016
2327
1 daqiqa o‘qiladi
Bakka Kolumbiyada 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
«Milan» hujumchisi Karlos Bakka Kolumbiyaning 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Ikkinchi o‘rinni «Inter» hujumchisi Jyeyson Murilo, uchinchi o‘rinni «Sporting» vakili Teofilo Guterres egalladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Bakka «Sevilya» safida Yevropa ligasida g‘olib bo‘lgandi va yozda 30 million yevro evaziga «Milan»ga ko‘chib o‘tgandi.
U yangi jamoasi safida Italiya chempionatidagi 17 turda 8ta gol urib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish