Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFAning taqiqi tugagandan keyin «Barselona» 77 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi
«Barselona» qishki transfer oynasining ilk kunida turli yosh toifasidagi jamoalariga birdaniga 77 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Bosh jamoaga yarim himoyachilar Arda Turon va Aleish Vidal, «Barselonu B»ga — «Fluminense» yarim himoyachisi Robert Gonsalves va «Osasuna» darvozaboni Xokin Esketa rasman kiritildi.
Shuningdek, yoshlar, o‘smirlar va bolalar jamoalari yana 73 nafar o‘yinchi ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Yangilar orasida taniqli islandiyalik futbolchi Eydur Gudonsenning farzandi Daniel ham bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona" voyaga yetmagan futbolchilarning transferi bilan bog‘liq qoidani buzgani uchun FIFA jamoaga 2ta transfer muddati vaqtida yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘ygandi.