Jahon | 08:27 / 04.01.2016
6111
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya HHK Suriyada IShIDning raketalar ishlab chiqaradigan markaziga zarba berdi

Fransiya harbiy samolyotlari Suriyada IShID jangarilari boshqarilmaydigan raketalar ishlab chiqargan markazga zarbalar berdi. Bu haqda Fransiya mudofaa mahkamasining saytida xabar qilindi.

“Reydni raketalar bilan ta'minlangan to‘rt dona Rafale samolyoti amalga oshirdi. Ular koalitsiya samolyotlari bilan birgalikda harakat qilishdi”, - deyiladi xabarda.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, raketalar ishlab chiqaradigan markaz Aleppo shahridan bir necha kilometr masofada joylashgan bo‘lgan.

Bundan avvalroq esa AQSh maxsus qo‘shini askarlari Iroqda 15 nafar IShID jangarisini yo‘q qilgani to‘g‘risida xabar tarqatilgan edi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish