Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbolchilar Duglas Kostani bundesliganing birinchi davrasidagi eng yaxshi futbolchi deb topishdi
Germaniyaning Kicker nashri an'anaviy tarzda bundesliga futbolchilari o‘rtasida birinchi davra yakunlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazib, eng yaxshilarni aniqladi.
So‘rovnomada 244 nafar futbolchi ishtirok etgan va ular birinchi davraning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyni aniqlashgan.
Mavsumning birinchi davrasidagi eng yaxshi futbolchsi sifatida "Bavariya"ning yangi futbolchisi, yozgi transferlar vaqtida "Shaxtyor"dan transfer qilingan braziliyalik Duglas Kosta tan olingan. U 30,3 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyang (23 foiz) va "Bavarii" hujumchisi Tomas Myuller (14,8 foiz) qayd etilgan.
Mavsumning birinchi davrasidagi eng yaxshi murabbiy esa Andre Shubert bo‘lgan («Borussiya» Menxengladbax).