Sport | 09:58 / 04.01.2016
5399
2 daqiqa o‘qiladi

Gari Nevill: "Biz yutishimiz mumkin edi, ammo Beyl..."

"Valensiya" bosh murabbiyi Gari Nevill Ispaniya chempionatining 18 turida "Real"ga qarshi o‘tgan uchrashuvdan so‘ng (2:2) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu o‘yinda men "Vilyarreal" bilan uchrashuvning ikkinchi bo‘limidagi o‘yinimizning davomini ko‘rishni istagandim. Biz dastlabki 10 daqiqadagi harakatlarimiz uchun jazolandik.

O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ajoyib futbol ko‘rsatdik. Yoshlarimiz o‘zlarini ko‘rsatishi mumkin edi, ammo bu kamlik qilar edi. Biz yutishimiz mumkin edi, ammo Beyl... Bu futbol.

Raqib futbolchisi chetlatilganidan so‘ng to‘pni nazorat qilishimiz osonlashishi kerak edi, ammo biz sust o‘ynay boshladik, bizga tezlik yetishmadi. Biz bo‘shashganday ko‘rindik.

Biz o‘yinning 20-daqiqasidan 70-daqiqasigacha bo‘lgan vaqtda yaxshi tezlik bilan o‘ynadik. Raqib bu vaqt ichida ehtiyot bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldi. Agar biz o‘zimizga ishonmaganimizda 1:2 hisobidan chiqib keta olmagan bo‘lardik. Ba'zan kamchilik bo‘lib qolgan raqibga qarshi o‘ynash qiyin", - deydi Nevill.