Jahon | 14:18 / 04.01.2016
4289
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda zilzila qurbonlari soni 10 nafarga yetdi, jabrlanganlar soni 200dan oshiq

Hindistondagi zilzila qurbonlari soni 10 kishiga yetdi, yana 200dan ortiq kishi jabrlangan. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

Dastlabki xabarlarda, 6 kishi halok bo‘lgani va 100dan ortiq kishi jarohatlangani aytilgandi.

Zilzila 4 yanvar kuni soat 04:40da (Toshkent vaqti bilan soat 04:10)da sodir bo‘ldi, uning episentri sharqiy Manipur shtatidagi Tamenglong okrugida, zilzila o‘chog‘i esa 55 km chuqurlikda joylashdi. Yer silkinishi 1 daqiqa davom etgan.

Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,8 ga teng bo‘ldi.

Zilzila tufayli bir qancha uylar butunlay buzilib ketgan. Vayron bo‘lgan binolar orasida 6 qavatli turar joy ham bor. Zilzila Imphala shahridan 600 km masofadagi Kalkuttada ham sezilgan.

Ayni vaqtda qutqaruvchi guruhlar tabiiy ofat asoratlariga qarshi kurash olib bormoqda.