Jahon | 14:31 / 04.01.2016
3484
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning Pokiston bilan chegarasidagi aviabazada kuchli portlash sodir bo‘lgan

Hindistonning Pokiston bilan chegarasidagi Patxankot shahrida joylashgan harbiy aviabazada kuchli portlash sodir etilgan. Bu haqda ANI axborot agentligi xabar tarqatdi.

2-3 yanvar kunlari Panjob shtatidagi bu aviabazaga avtomatlar bilan qurollangan jangarilar guruhi bostirib kirishi yuz berib, o‘zaro otishmalar natijasida 11 nafar harbiy halok bo‘lgan va 20dan ortiq kishi jarohatlangandi. Bu bazada Hindiston Milliy xavfsizlik xizmatining 50 nafar askari bo‘lgan. Hujum qilgan 8 jangarining barchasi o‘ldirilgan.

Hujum vaqtida portlash sodir etilgani xabar qilindi.

Hindiston harbiy-havo kuchlari bazasiga qurollangan jangarilar hujum qildi

Hindistondagi harbiy avibazadagi otishma natijasida 4 nafar jangari yo‘q qilindi

Hindistonning Pokiston bilan chegarasi yaqinidagi bazaga uyushtirilgan hujum tufayli 11 kishi halok bo‘ldi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish