Sport | 20:26 / 04.01.2016
3923
1 daqiqa o‘qiladi

Marca: "Real" rahbariyati shoshilinch majlis o‘tkazib, Benitesni ishdan bo‘shatish masalasini muhokama qilmoqda

"Real" jamoasi rahbariyati 4 yanvar kunining ikkinchi yarmida klub ofisida shoshilinch majlis o‘tkazadi va bosh murabbiyning kelajagi masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Marca nashri xabar bergan.

Madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peres "Real" bosh murabbiyi Rafael Benites va jamoa futbolchilari orasidagi munosabat yomonlashgani jamoa ko‘rsatayotgan yomon natijalarga sabab bo‘layotganidan xavotirlangan.

Xabarda aytilishicha, majlis yakunida Benites ishdan bo‘shatilsa, jamoani ayni vaqtda "Real"ning o‘rinbosarlari bo‘lmish "Kastilya" jamoasida murabbiy bo‘lib ishlayotgan Zinedin Zidan boshqarib turadi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" oxirgi turda safarda "Valensiya" maydonida 2:2 hisobidagi durang bilan qaytgandi.