Sport | 20:43 / 04.01.2016
4238
2 daqiqa o‘qiladi

Messi IFFHS versiyasi bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshi pleymeykeri sifatida tan olindi

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro federatsiyasi - IFFHS 2015 yilning yaxshi pleymeykeri nomini e'lon qildi.

Ushbu nominatsiya bo‘yicha sovrin tarixda ilk marta pleymeykerga emas, hujumchiga topshirildi. "Barselona" futbolchisi Lionel Messi 165 ochko olishga erishgan.

Ikkinchi o‘ringa Andres Inesta 91 ochko bilan va uchinchi o‘ringa Andrea Pirlo 54 ochko bilan munosib ko‘rilgan.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yili mazkur sovrinni "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos olgandi. Ungacha esa 6 yil mobaynida "Barselona" vakillari Xavi (2008-2011) va Inesta (2012-2013) eng yaxshi pleymeykerlar bo‘lib kelishgan.

Birinchi o‘ntalik:

1. Lionel Messi ("Barselona") – 165

2. Andres Inesta ("Barselona") – 91

3. Andrea Pirlo ("Yuventus" / "Nyu-York Siti") – 54

4. Eden Azar ("Chelsi"), Kevin de Bryuyne ("Volfsburg" / "Manchester Siti") – 22

6. Yahyo Ture ("Manchester Siti") – 13

7. Toni Kroos ("Real") – 11

8. Luka Modrich ("Real") – 11

9. Xames Rodriges ("Real") – 10

10. Xaver Pastore ("PSJ") – 10