Jamiyat | 15:26 / 04.01.2016
4940
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatida 3 o‘smir Tojikiston fuqarosining 100 ming rubl pulini olib qo‘ydi

Moskva shahri yaqinidagi Kotelniki shahrida 3 nafar balog‘at yoshiga yetmagan bezori o‘smirlar Tojikiston fuqarosidan uning 100 ming rubl miqdoridagi pulini tortib olgan. Bu haqda Moskva viloyati IIBB xabarida aytilgan.

"1 yanvar kuni soat 05:00da Lyuberetskiy tumanining Kotelniki shahridagi Pokrovskiy ko‘chasida 3 nafar voyaga yetmagan o‘smir talonchilik jinoyatini amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda. Ular yo‘lovchiga pichoq bilan hamla qilib, uning 100 ming rubl miqdoridagi mablag‘ini olib qo‘yishgan va voqea joyidan qochib ketishgan", deyiladi xabarda.

Bu hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Jinoyat amalga oshirganlikda gumon qilinib, 16-17 yoshlardagi 3 o‘smir hibsga olingan.