Jamiyat | 10:41 / 04.01.2016
4245
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik aka-uka Qozog‘istondan 40 kg kumush olib chiqishda qo‘lga tushdi

Qozog‘istonning Rossiya bilan chegaradosh Qustanay viloyatida chegara otryadi xodimlari ikki rossiyalikni iqtisodiy kontrabandada gumon qilib qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati ma'lumotiga asoslangan holda.

Qayd etilishicha, aka-ukalar (38 va 45 yosh) yangi yilning birinchi kuni 40 kg miqdoridagi kumushni noqonuniy ravishda o‘z vataniga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.Mahkama press-relizida keltirishicha, avtomobil chuqur tekshiruvdan o‘tkazilganda, uning yonilg‘i bakida buyumlar mavjudligi aniqlangan.

“Inkor qilish befoyda ekanini tushungan avtomobil egasi, aka-ukalarning kichigi, benzobakda plitka ko‘rinishidagi qayta ishlanmagan kumush borligini tan oldi”, - deyiladi press-relizda.