Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 2016 yilda O‘zbekistondan xarid qiladigan gaz hajmi Turkmaniston o‘tgan yili yetkazib berganiga nisbatan ko‘p bo‘ladi
O‘zbekistondan 2016 yilda xarid qilinadigan gaz hajmi Turkmanistondan 2015 yili olingan gaz hajmidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. 2015 yil so‘ngida o‘zbek gazini sotib olishni yanada ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani muhim qadamlardan biri bo‘lgani e'tirof etilmoqda. Bu haqda Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasidagi manba ma'lum qilgan.
«2016 yilda O‘zbekiston gazini xarid qilish hajmi Turkmaniston 2015 yilda yetkazib bergan 3,1 milliard kubdan ko‘ra sezilarli ko‘p bo‘lishi aniq», — deya ta'kidlab o‘tgan manba.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston gaz qazib oluvchi dunyodagi eng yirik davlatlar o‘nligiga kiradi (yiliga 63—65 milliard kub gaz), MDH davlatlari orasida esa bu ko‘rsatkichda uchinchi o‘rinni qayd etmoqda.