Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Eron bilan o‘zaro aviaqatnovlarni to‘xtatadi
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr qirollik Eron bilan o‘zaro aviaqatnovlarni to‘xtatishi haqida ma'lum qildi.
Biroz oldinroq, Saudiya Arabistoni o‘z fuqarolariga Eronga borishni man qilgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.
3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligi bildirilgandi.
Mazkur qarorlarga Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilingani sabab bo‘lgan.