Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shell Eron oldidagi 2.3 mlrd dollarlik qarzdorlikni yopish borasida kelishuvga erishdi
Eron milliy neft kompaniyasi Angliya-Niderlandiyaning Royal Dutch Shell kompaniyasi bilan yirik xalqaro konsernning Tehron oldidagi 2.3 mlrd dollarlik qarzini yopishi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Eron kompaniyasi ijrochi direktori Muhsin G‘amsoriy ma'lum qildi.
“O‘tkazilgan muzokaralar natijasida biz Shell bilan 2.3 mlrd dollar hajmli Eronga berilishi lozim bo‘lgan qarzni yopish borasida kelishuvga erishdik”, - uning so‘zlarini keltiradi Mehr agentligi.
G‘amsoriyning so‘zlariga qaraganda, tomonlar erishgan kelishuvga muvofiq, Eronning konsernga neft yetkazib berishi ilgarigi qarzdorlikning yopilish muddatlari bilan bevosita bog‘lanadi. Qarzlar, o‘z navbatida, Eronga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi bilanoq o‘tab beriladi. Ilgariroq buni Shell prezidenti o‘rinbosari Edvard Deniyels tasdiqlagan edi.